Granatadan himoya qila oladigan zirhli Cadillac Escalade yangi funksiyalar bilan taqdim etildi

28-may 2025 14:41 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Foto: Miami Armored

Miami Armored kompaniyasi BR6 darajasida himoya qiluvchi, Starlink sun’iy yo‘ldosh internetiga ulangan zirhli Cadillac Escalade’ni taqdim etdi. Bu haqda Speedme nashri xabar berdi.

Biznes-samolyot darajasidagi qulayliklarga ega avtomobil ikki granata portlashi va avtomatik qurol o‘qlaridan omon qolishi mumkin.

Foto: Miami Armored

SUV ko‘p qavatli zirh oynalari, mustahkam suspenziya, pastdan portlashga qarshi himoya va RunFlat shinalar bilan jihozlangan bo‘lib, teshilgan shinalar bilan ham xavfli hududdan chiqib ketishga imkon beradi. Asosiy xususiyat – SpaceX kompaniyasining Starlink tarmog‘iga ulanib, istalgan joyda barqaror internet va aloqa ta’minlashi: videoqo‘ng‘iroq, striming va ijtimoiy tarmoqlardan yo‘l davomida foydalanish mumkin.

Foto: Miami Armored

Escalade Chairman salonining ichki ko‘rinishi hashamatli ofisga o‘xshaydi: individual sozlanadigan kreslolar, katta ekran va ovoz tizimi, sensorli boshqaruv, shuningdek, signal, stroblampalar va tungi ko‘rish imkoniyatlari mavjud.

Miami Armored shunga o‘xshash himoyani Suburban, Tahoe va Yukon Denali modellariga ham taklif qilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning eng kuchli avtomobillari reytingini e’lon qilgandi.

Shuningdek