Yangiliklar

1-iyuldan YTTlar o‘z xonadonida mebel tayyorlashi mumkin bo‘ladi

YTT
Mebelsozlikda eksport hajmi $100 mlnga yetkaziladi
Mebelsozlik
Foto: ProfStocker / depositphotos.com

2029-yil 1-yanvargacha mebel ishlab chiqarishdagi xomashyo va qismlar importi uchun bojxona boji 1 foiz etib belgilanadi. Bu haqda prezident farmoni qabul qilindi.

Shuningdek, 2025 – 2028-yillarda quyidagi maqsadlarga erishish belgilandi:

  • mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
  • eksport hajmini $100 mlnga yetkazish;
  • 50 ming fuqaro bandligini ta’minlash.

2025-yil 1-iyuldan YTTlar o‘z xonadonida mebel tayyorlashi mumkin bo‘ladi. 1-avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli xorijiy malaka sertifikatlari olish xarajatlarining 50 foizi davlat tomonidan qoplanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan zargarlarga YATT bo‘lib tilla buyumlari sotishga ruxsat berilishi haqida yozgandi.