50 dollarga qanday telefon xarid qilish mumkin

29-may 2025 18:20 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
50 dollarga qanday telefon
50 dollarga qanday telefon xarid qilish mumkin / Foto: Sora sun’iy intellekti yordamida tayyorlandi

Bugungi raqamli dunyoda smartfon kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Biroq an’anaviy telefonga ham talab tushib ketgani yo‘q. Xo‘sh, 50 dollarga qanday telefon xarid qilish mumkin? Kursiv Uzbekistan maqolasida bunga javob topasiz.

Ushbu maqolada siz quyidagi modellar haqida bilib olasiz:

Novey Senat SC1 CDMA: ishonchli tugmali telefon

Bu telefon arzon narxdagi, CDMA tarmog‘ida ishlovchi tugmali telefon bo‘lib, kundalik foydalanish uchun zarur bo‘lgan asosiy funksiyalarni taklif etadi.

XususiyatMa’lumot
Ekran2.0 dyuymli LCD
ProtsessorQualcomm QSC1110
Operativ xotira256 MB
Ichki xotira128 MB
Xotira kengaytmasimicroSD (32 GB gacha)
Asosiy kamera1 MP
Batareya sig‘imi1000 mAh
Zaryadlash portimicro-USB
Aloqa tarmog‘iCDMA 1x 800/1900 MHz
Qo‘shimcha funksiyalarFM radio, fonar, musiqa pleer
O‘lchamlari97.3 x 49.5 x 18.7 mm
Rang variantlariSpace Gray, Pacific Blue
Novey Senat SC1 CDMA / Foto: Yandex market

Ushbu telefonni 50$ evaziga xarid qila olasiz. Novey Senat SC1 CDMA Uzum Market onlayn do‘konlar tarmog‘ida 699 ming so‘mga sotilmoqda. Yandex Market’da ham 699 ming so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

Nokia 130 DS TA-1576

Nokia 130 DS TA-1576 — bu 2023-yilda chiqarilgan, oddiy va ishonchli tugmali telefon bo‘lib, uzoq quvvat ushlashi, ikki SIM kartali bo‘lishi va FM-radiosi bilan ajralib turadi. Internetga kirishsiz, faqat qo‘ng‘iroq, SMS va musiqa tinglash uchun mo‘ljallangan. Yoshi katta odamlar yoki zaxira telefon sifatida juda qulay.

Asosiy xususiyatlari:

  • Ekran: 2.4 dyuymli, 240×320 pikselli
  • Xotira: 4 MB ichki, microSD (32 GB gacha)
  • Akkumulyator: 1450 mA/s, 20 soatgapgacha suhbat, 30 kungacha kutish rejimida
  • SIM-karta: Dual SIM (ikki simli)
  • Tarmoq: 2G (GSM 900/1800 MHz)
  • Radio: FM-radio (quloqchin bilan yoki quloqchinsiz ishlaydi)
  • Boshqa: Bluetooth, micro-USB, fonar, 3.5 mm audio chiqish

Foto: Yandex market

Ushbu telefonni 50$ evaziga xarid qila olasiz. Nokia 130 Uzum Market onlayn do‘konlar tarmog‘ida 638 ming so‘mga sotilmoqda. Yandex Market’da ham 638 ming so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

Novey N880

Novey N880 – bu oddiy tugmali telefon bo’lib, ikki SIM-karta, FM-radio va uzoq vaqt xizmat qiladigan akkumulyator bilan jihozlangan. U asosan qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish va musiqa tinglash kabi asosiy funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Asosiy xususiyatlari

  • Ekran: 2.0 dyuymli rangli LCD
  • Xotira: 32 MB RAM, 32 MB ROM; microSD orqali 32 GB gacha kengaytiriladi
  • Akkumulyator: 1000 mA·soat, micro-USB orqali zaryadlanadi
  • Tarmoq: 2G (GSM 850/900/1800/1900 MHz)
  • SIM-karta: 2 ta SIM-karta qo‘llab-quvvatlanadi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlar: FM-radio, Bluetooth, fonar, kamera
  • O’lchamlari: 120.5 × 49.5 × 15.6 mm; vazni: 200 g
Foto: Uzum market

Novey N880 Uzum Market onlayn do‘konlar tarmog‘ida 549 ming so‘mga sotilmoqda. Texnomart’da esa 579 ming so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

TEXNOMAX Gusto Duos GSM

Bu oddiy tugmali telefon bo‘lib, ikki SIM-karta qo‘llab-quvvatlashi, FM-radio va uzoq vaqt xizmat qiladigan akkumulyatori bilan ajralib turadi. U, asosan, qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish va musiqa tinglash kabi asosiy funksiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Asosiy xususiyatlari

  • SIM-karta: 2 ta SIM-karta qo‘llab-quvvatlashi
  • Tarmoq: GSM 2G (850/900/1800/1900 MHz)
  • Xotira kartasi: MicroSD orqali 32 GB gacha kengaytiriladi
  • Zaryadlovchi kirish: Type-C porti
  • Qo‘shimcha imkoniyatlar: FM-radio, fonar, Bluetooth, kamera mavjud emas
  • Kafolat: 1 yil rasmiy kafolat bilan taqdim etiladi
Foto: Uzum market

TEXNOMAX Gusto Uzum Market onlayn do‘konlar tarmog‘ida 445 ming so‘mga sotilmoqda. Yandex market’da esa 440 ming so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 100 dollarga qanday smartfon sotib olish mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek