
Alpine kompaniyasi 2028-yilga borib 1000 ot kuchiga yaqin quvvatga ega gibrid superkar ishlab chiqarishni rejalashtirayotganini rasman e’lon qildi. Bu haqda Top Gear xabar bermoqda.
Loyihani Ferrari 458 va Alfa Romeo Giulia avtomobillari ustida ishlagan taniqli muhandis Filipp Krif boshqaradi.
Kelajak superkarining yurish tizimi orqa g‘ildiraklarni aylantiruvchi benzinda ishlovchi V6 turbo dvigatel va old o‘qda joylashgan ikkita elektromotordan iborat bo‘ladi. Bu kombinatsiya aylanma momentni vektorli boshqarishni ta’minlaydi. Korpus esa alyuminiy va uglerod tolasi aralashmasidan tayyorlanadi.
Dvigatelni ishlab chiqish bilan Renault’ning Viry-Chatillon texnik markazida joylashgan yangi Hypertech bo‘limi shug‘ullanadi. Bu bo‘lim muhandislari ayni paytda World Endurance Championship (WEC) uchun poyga texnologiyalarini ham rivojlantirmoqda.
Filipp Krif superkar Alpenglow konsepti nusxasi bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Alpine 2030-yilgacha beshta yangi elektromobil (EV) ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Shunga qaramay, bu gibrid superkar brendning flagman modeli bo‘ladi. Krif bu borada Ferrari SF90 bilan qiyoslab, motorsportda o‘zini isbotlagan texnologiyalar qo‘llanilishini bildirdi.
Renault’ning oldingi tajribasi ham umid uyg‘otmoqda: masalan, £150 ming funt sterling narxidagi R5 Turbo 3E elektromobili bir necha kun ichida butunlay sotilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Lamborghini Urus’ga raqobatchi bo‘lgan elektr krossover taqdim etilgani haqida yozgan edi. U A390 nomi ostida namoyish qilingan.