AQSh Xalqaro savdo sudi Trampning boj tariflarini noqonuniy deb topdi

AQSh Xalqaro savdo sudyasi prezident Donald Tramp tomonidan jahon bo‘ylab o‘rnatilgan «o‘zaro» boj tariflarini va Kanada hamda Meksikaga solingan tariflarni noqonuniy deb topdi. Bu haqda New York Times nashri ma’lum qildi.
Sud qaroriga ko‘ra, Tramp bu tariflarni joriy etishda o‘z vakolatlaridan foydalanishda chegaradan oshib ketgan. Ma’muriyat 10 kun ichida tariflarni bekor qilish jarayonini yakunlashi kerak. Tramp ma’muriyati esa bu qarorga apellyatsiya beradi.
Sudning ta’kidlashicha, Tramp tomonidan ishlatilgan qonun boj tariflarini solishga ruxsat bermaydi, balki asosan savdo embargolari va sanksiyalar uchun mo‘ljallangan.
Bu qaror Trampning savdo siyosatidagi vakolatlariga katta cheklov qo‘ygan bo‘lsa-da, boshqa tariflar hali kuchda qoladi. Ma’muriyat esa tariflarni davom ettirish niyatida ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask siyosiy faoliyatini rasman tugatgani haqida xabar bergan edik.