Avtomobilni yozgi jaziramaga qanday tayyorlash kerak

29-may 2025 16:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Avtomobilni yozgi jaziramaga qanday tayyorlash kerak / Foto: Depositphotos

Yozgi sayohatlardan oldin avtomobilingiz yaxshi holatda ekanligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Kursiv.Media avtomobilni issiqdan saqlash bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shinalarni tekshiring

Foto: Depositphotos

Yo‘l harakati xavfsizligida shinalarning holati muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ularning bosimi va chuqurligiga e’tibor berish muhimdir. Yozgi jaziramada shinalardagi bosim oshishi mumkin, shuning uchun uni ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan darajada ushlab turish yaxshidir. Tegishli protektor chuqurligi esa yomg‘irli ob-havoda sirpanishni oldini olishga yordam beradi.

Suyuqlikni tekshirish

Sovitish suyuqligi (antifriz): Antifriz yozgi issiqda dvigatelni haddan tashqari qizib ketishdan saqlaydi. Darajani tekshiring va agar kerak bo‘lsa, to‘ldiring. Agar u shikastlangan yoki rangi o‘zgargan bo‘lsa, uni almashtirish haqida o‘ylab ko‘ring.

Tormoz suyuqligi: Yurish davomida xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy suyuqliklardan biri. Darajasi normal holatda bo‘lishi kerak.

Foto: Depositphotos

Rul boshqaruv suyuqligi: Avtomobilni yengil boshqarish uchun bu suyuqlik ham yetarli miqdorda bo‘lishi muhim.

Oynani yuvuvchi suyuqlik: uzoq safarlar chog‘ida ko‘rinish yaxshi bo‘lishi uchun rezervuarni to‘ldirib oling.

Konditsioner

Foto: Depositphotos

Konditsionerni yoqing va salqin havo chiqayotganiga ishonch hosil qiling. Sovuq havo chiqmasa yoki zaif chiqsa, tizimni tekshirishingiz va kerak bo‘lganda freon qo‘shishingiz kerak.

Shisha tozalagichlar va lampalar

Yozgi yomg‘ir va changli yo‘llarda yaxshi ko‘rinish uchun shisha tozalagichlar to‘g‘ri ishlashi kerak. Agar ular chiziq qoldirib, ortiqcha shovqin qilsa, ularni almashtiring.

Tormoz tizimi

Issiq havoda tormoz mexanizmlarining haddan tashqari qizishi tizimning to‘liq ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun tormoz balatalarini muntazam tekshirib turing.

Xavfsizlik qoidalari

Yozgi yo‘l harakati xavfsizligi faqat yo‘l harakati qoidalari bilan cheklanmaydi. Issiq havo avtomobil ichida va tashqarisida xavfli sharoitlar yaratishi mumkin.

Mashinada qoldirmaslik kerak bo‘lgan narsalar

Foto: Depositphotos

Gazlangan ichimliklar va aerozol qutilari: Shisha butilkalar va aerozol qutilari (soch laklari, deodorantlar, avtomobil tozalash vositalari) yuqori haroratdan portlashi va yong‘inga olib kelishi mumkin.

Dori-darmonlar. Ko‘pgina dorilar yuqori haroratda o‘z samarasini yo‘qotadi va hatto zararli bo‘lishi mumkin. Ular salqin va quruq joyda saqlanishi kerak.

Elektronika. Mobil telefonlar, noutbuklar, planshetlar va boshqa elektron qurilmalardagi batareyalar yuqori haroratlarda portlashi mumkin. Ularni quyosh nurlaridan uzoqroq tuting yoki o‘zingiz bilan olib boring.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng tezkor avtomobillar haqida yozgan edi.

Shuningdek