Centrum Air’ning yangi qanoti Toshkent osmonida – fotoreportaj

28-may kuni, kechqurun «Centrum Air»ning yangi Airbus A320neo (UK32075 reysi) samolyoti Tuluza shahridan Toshkentga yetib keldi.
Bu kompaniyaning parkidagi to‘qqizinchi samolyot bo‘lib, Neo oilasining to‘rtinchi vakili hisoblanadi. Oldin ikkita A321neo va bitta A320neo olib kelingandi.
Kursiv Uzbekistan muxbiri Shuhratjon Xurramov voqea joyidan fotoreportaj taqdim etdi.


Centrum Air O‘zbekistonning bir qancha shaharlaridan, jumladan Toshkent, Samarqand, Urganch, Farg‘ona, Termiz va Namangandan muntazam parvozlar amalga oshirmoqda. Yo‘nalishlar orasida Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Vladivostok, Irkutsk, Novosibirsk, Boku, Olmaota, Istanbul, Dubay, Tbilisi kabi yirik xalqaro shaharlar bor.
Kompaniya matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ular yo‘nalishlarni kengaytirish bilan birga, yo‘lovchilarga yuqori xizmat va qulaylik taqdim etishga intilmoqda.

2025-yil iyun-iyul oylarida kompaniya Vladivostok, Dehli, Bangkok va Seulga yangi reyslar ochadi hamda mashhur yo‘nalishlarda parvozlar sonini oshiradi. O‘zbekiston hududlaridan yangi ichki va xalqaro yo‘nalishlar rivojlantiriladi.
«Yil oxirigacha samolyotlar sonini 14 taga oshirishni rejalashtirmoqdamiz», – dedi Centrum Holding rahbari va asoschisi Abdulaziz Abdurahmonov.




