«Chelsi» superkambek evaziga Konferensiyalar ligasi chempioniga aylandi

29-may 2025 12:01 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
"Chelsi"
«Chelsi» superkambek evaziga Konferensiyalar ligasi chempioniga aylandi / Foto: The Sun

Konferensiyalar ligasi finalida «Chelsi» ajoyib kambek evaziga «Betis» ustidan 1:4 hisobida g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.

Uchrashuvda dastlab «Betis» 9-daqiqadayoq Abdessamad Ezzalzuli tomonidan kiritilgan gol bilan hisobni ochdi. Ammo ikkinchi bo‘limda «Chelsi» to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi va raqib darvozasiga ketma-ket to‘rtta javob goli urdi. Gollar mualliflari: Enso Fernandes (65’), Nikolas Jekson (70’), Jeydon Sancho (83’) va Moyses Isaak Kaysedo (90’).

Ushbu g‘alaba londonliklar uchun Konferensiyalar ligasi tarixidagi ilk chempionlik bo‘ldi.

Foto: UEFA

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Tottenhem» «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etib, Yevropa ligasida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek