Denovda 980 milliard so‘mlik «Denov Siti» loyihasiga start berildi

eʼlon qilindi
Loyiha 6 yil davomida amalga oshiriladi
Denovda «Denov Siti» loyihasiga start berildi / Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatining eng katta tumani – Denovda zamonaviy uy-joylar barpo etishga qaratilgan yirik «Denov Siti» loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

Unga ko‘ra, loyiha qiymati 980 mlrd so‘mni tashkil etadi. 6 yil ichida 3,5 mingta ta xonadonli ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, maktab va bog‘chalar, dam olish maskanlari, sport-sog‘lomlashtirish markazlari hamda zarur infratuzilmalar qurilishi rejalashtirilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

«Denov Siti» majmuasi kelgusida zamonaviy va qulay shahar modeliga aylanishi kutilmoqda. Loyiha asoschisi sifatida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etgan tadbirda ta’kidlanganidek, bunday keng ko‘lamli ishlar aholining turmush sharoitini yaxshilash va tumanni yangi bosqichga olib chiqish uchun amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktlari tashkil etilishi haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek