Dollar ketma-ket uchinchi kun keskin tushdi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 29-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 768,26 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 62,87 so‘mga tushdi.
Dollar kursi bu haftada keskin tushishda davom etmoqda: 28-may kuni 12 831,13 so‘mni, 27-may kuni 12 886,90 so‘mni, 26-may kuni 12 939,93 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 29-may kuni bir AQSh dollarini 12 710 – 12 880 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 825 – 12 895 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.