Endi tovarni o‘z vaqtida yetkazmagan sotuvchi har bir kechikish uchun penya to‘laydi

eʼlon qilindi
Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi
Foto: Tevalux11 / depositphotos.com

Endilikda sotuvchi mahsulotni shartnomada belgilangan vaqtda xaridorga topshirmasa, har bir kechikkan daqiqa, soat yoki kun uchun penya to‘lash majburiyatini oladi. Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida iste’molchilarning manfaatlarini yanada kuchliroq himoya qilishga qaratilgan qonun tasdiqlandi.

Yangi normalarga ko‘ra, kechikish muddati uchun xaridorga majburiyatning bajarilmagan qismidan 0,5 foiz miqdorida jarima to‘lanadi. Shu bilan birga, umumiy penya summasi tovarning narxidan yuqori bo‘lmasligi shart qilib belgilangan.

Bu yangilik oldi-sotdi munosabatlarida shaffoflikni oshiradi va xaridorlarni himoyalashda muhim huquqiy mexanizm sifatida xizmat qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Uzum Market sotuvchilari buyurtmalarni o‘zlari yetkazib berishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek