
Xirosimadagi yapon startapi eng kichik elektromobil mibotni ishlab chiqardi. U bir kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, sotuvlar deyarli tugagani aytilmoqda.
KG Motors kompaniyasining mibot mahsuloti Yaponiyada hitga aylandi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2027-yilga mo‘ljallangan 3300 dona mahsulotini sotgan. Bu borada u mashhur Toyota’ning o‘zidan o‘zib ketdi. 2024-yilda avtogigant Yaponiyada atigi ikki mingta kichik avtomobil sotgan. Bu mamlakatda elektr transport vositalariga jiddiy talab yo‘q.

Xirosimada joylashgan startap kattaroq mashinalar kuchliroq degan tushunchani yo‘q qilishga harakat qilmoqda.
«Mashinalar juda katta. Yaponiyada ko‘chada ularni ko‘rib, o‘zimga shunday savol berdim: «Nega kichikroq mashinalar ishlab chiqarmaslik kerak?»», – deydi kompaniya bosh direktori Kazunari Kusunoki.

Mibot elektromobilining balandligi 1,5 metrdan kam. Uning quvvati 100 kilometrga yetadi. Zaryadlash uchun besh soat vaqt ketadi. Maksimal tezlik 60 km/soat. Narxi 1 mln iyen ($7 mingni tashkil etadi).
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Alpine 2028-yilga qadar ming ot kuchiga ega superkarni taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.