Freedom Pay O‘zbekiston Markaziy Osiyo fintex assotsiatsiyasiga qo‘shildi

eʼlon qilindi
Foto: Freedom Pay

2025-yil 28-may kuni Toshkentda o‘tkazilgan «Plus Forum – Digital Uzbekistan 2025» xalqaro tadbiri doirasida Freedom Pay Uzbekistan kompaniyasi Markaziy Osiyo fintex assotsiatsiyasi (CAFA) a’zoligiga rasmiy ravishda qabul qilindi.

Bitimni kompaniyaning O‘zbekistondagi bosh direktori Nazokat Rashidova va CAFA raisi Otabek Nasirov imzoladi. Bu qadam O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyoda fintex, blokcheyn yechimlari, kiberxavfsizlik, shuningdek, zamonaviy raqamli moliyaviy infratuzilmani rivojlantirishda muhim bosqich sifatida baholanmoqda. Hamkorlik zamonaviy to‘lov texnologiyalarini joriy etish, davlat idoralari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, transchegaraviy tashabbuslarni rag‘batlantirish va xalqaro standartlarga javob beradigan yechimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Freedom Pay – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, internet-maydonlar, marketpleyslar va elektron tijorat loyihalari bilan ishlashda katta tajribaga ega. U amaliyotda sinovdan o‘tgan fintex yechimlari orqali O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga hissa qo‘shmoqchi.

Freedom Pay Uzbekistan bosh direktori Nazokat Rashidova:

«Bu biz uchun oddiy hamkorlikdan ko‘ra ko‘proq – mintaqada fintex rivojlanishiga ta’sir o‘tkazishning haqiqiy imkoniyatidir. O‘zbekiston tez sur’atli raqamli o‘sish bosqichida turibdi va CAFA’da ishtirok etish bizga nafaqat ushbu jarayonning bir qismi bo‘lish, balki uning faol ishtirokchisiga aylanish imkonini beradi. Biz onlayn to‘lovlar sohasidagi zamonaviy yechimlarni taqdim etishga va O‘zbekistonda raqamli moliyaviy xizmatlar hamda elektron tijoratning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz».

CAFA raisi Otabek Nasirov:

«Freedom Pay – xalqaro tajribaga ega va mintaqaviy o‘ziga xoslikni chuqur tushunadigan muhim o‘yinchi. Biz kompaniyani uyushma a’zosi sifatida qabul qilishdan mamnunmiz va bu hamkorlik Markaziy Osiyoning barqaror va integratsiyalashgan fintex ekotizimini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishiga ishonamiz. Birgalikda biz iqtisodiy o‘sish, raqamlashtirish va texnologik yutuqlarga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni ilgari sura olamiz».

Ma’lumot uchun: Freedom Pay – onlayn biznes uchun zamonaviy to‘lov infratuzilmasini taqdim etuvchi xalqaro fintex kompaniyasi.

CAFA – Markaziy Osiyoda fintex bozorining yetakchi ishtirokchilarini birlashtirgan uyushma bo‘lib, mintaqaviy hamkorlik, startaplar va tartibga solish bo‘yicha faoliyat yuritadi.

Shuningdek