
Geely kompaniyasi Xitoy bozorida yangi ramkali gibrid pikaplar – Radar King Kong EM-P va Radar Horizon EM-P’ni rasman taqdim etdi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.
Ular Lynk & Co subbrendidan olingan gibrid kuch qurilmalari bilan jihozlangan.
Radar King Kong EM-P ikki versiyada taqdim qilingan:
- baza versiyasi: 5260 × 1900 × 1880 mm, g‘ildirak bazasi – 3120 mm;
- uzoqroq versiyasi: 5500 × 1900 × 1880 mm, g‘ildirak bazasi – 3310 mm.

Bosh farq yuk platformasida: 1525 mm (standart) va 1765 mm (uzaytirilgan). Ikkala versiyaning ham yuk ko‘tarish quvvati 1 tonnani tashkil qiladi.
Radar Horizon EM-P o‘lchamlari: 5260 × 1900 × 1830 mm, g‘ildirak bazasi 3120 mm. Yuk platformasi 1525 × 1450 × 540 mmni tashkil etadi.
Ikkala pikap ham 1,5 litrli turbo dvigatel, 3DHT uzatmalar qutisi va bitta yoki ikkita elektromotordan tashkil topgan gibrid tizimga ega.
- orqa yuruvchan versiya: 184 ot kuchi, 0–100 km/soat – 10,2 soniya;
- to‘liq yuruvchan versiya: 353 ot kuchi, 0–100 km/soat – 6,3 soniya.

Pikaplar 21 kVt gacha tashqi elektr jihozlarini quvvatlantirish imkoniyatiga ega. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy yurish zaxirasi ming kmdan oshadi.
Narxlar:
- Radar King Kong EM-P – 139 800 yuan ($19 ming);
- Radar Horizon EM-P – 149 800 yoki 159 800 yuan ($20,8 ming yoki $22 ming).
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Silverado HD pikapi zamonaviy va hashamatli uy mashinasiga aylantirilgani aks etgan videolar tarqalgani haqida yozgan edi.