Ilon Mask siyosiy faoliyatini rasman tugatdi

Tesla bosh direktori Ilon Mask Donald Tramp ma’muriyatidagi maxsus hukumat xodimi sifatidagi vazifasini yakunladi. Bu haqda u o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.
U Trampga ortiqcha xarajatlarni kamaytirish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirib, hukumat samaradorligini oshirishga qaratilgan «DOGE» (Department of Government Efficiency) loyihasining davom etishini ta’kidladi.

Ilon Mask Trampning soliq islohotini qattiq tanqid qilib, uning hukumat xarajatlarini oshirishini aytdi. Shuningdek, federal byurokratiyaning holati kutilganidan ham murakkab ekanini ma’lum qildi va bu jarayonda «DOGE» ko‘plab tanqidlarga uchraganini aytdi. U siyosatdan norozilik bildirgan holda, biznesiga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi ekanini bildirdi.
Maskning ma’muriyatni tark etishi Oq uy tomonidan ham tasdiqlandi. U o‘z vazifasi 130 kun davom etishini va bu muddat 30-may atrofida yakunlanganini ma’lum qildi. Ilon Mask ilgari Tramp tomonidan hukumatni qisqartirish va samaradorligini oshirish uchun cheksiz vakolatlar bilan ta’minlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Texasda Starbase shahrini qurishi haqida xabar bergan edik.