Isroil G‘arbiy Sohilda eng katta posyolka kengaytirish rejalarini tasdiqladi

eʼlon qilindi
So‘nggi o‘n yilliklar uchun
Isroil G‘arbiy Sohilda eng katta posyolka kengaytirish rejalarini tasdiqladi / Foto: Dedi Hayun/Reuters

Isroil hukumati G‘arbiy Sohilda 22 ta yangi yahudiy posyolkalarini barpo etish rejasini ma’qulladi. Bu qaror 1993-yilgi Oslo bitimlaridan keyingi eng yirik kengaytirish bo‘lib, xalqaro huquq nuqtayi nazaridan noqonuniy hisoblanadi, deya yozmoqda CNN.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, yangi posyolkalar Isroil nazoratini mustahkamlash, Falastin davlatining barpo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va kelajakda qurilish uchun yer zaxiralarini saqlash kabi strategik maqsadga xizmat qiladi. Ayrim posyolkalar ilgari ruxsatsiz qurilgan noqonuniy maskanlarni qonuniylashtirish hisobiga tashkil etiladi.

Falastin tomoni bu qarorni xalqaro qonunlarga zid va mintaqada beqarorlikni kuchaytiruvchi xavfli qadam deb baholadi. Tahlilchilar bu harakatlarni bosib olingan hududlarni de-fakto o‘zlashtirish — ya’ni anneksiya — sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Eronga hujum qilsa, AQSh javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek