Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Samarqandda – foto

eʼlon qilindi
Tashrif Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshirildi
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Samarqandda / Foto: President.uz

Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqanddagi Registon maydonini ziyorat qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan ushbu tarixiy maskan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Oliy martabali mehmon Registon majmuasining tarixi, me’morchiligi va bezaklari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Foto: President.uz

So‘ngra davlat rahbarlari «Silk Road Samarkand» majmuasidagi «Boqiy shahar» bog‘iga tashrif buyurib, milliy madaniyat va san’at namunalari bilan tanishdilar. Tashrif davomida madaniy dasturlar ham taqdim etildi.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ijrochi direktori Ketrin Rasselni qabul qilgan edi.

Shuningdek