Italiya bosh vaziri tantanali kutib olindi – foto
eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda

Samarqandda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy kutib olindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikki davlat rahbari uchun faxriy qorovul saf tortdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.


Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqanddagi Registon maydonini ziyorat qilgani haqida yozgan edi.