Kеcha nikoh to‘yini o‘tkazgan Abduqodir Husanov terma jamoa bilan BAAga yo‘l oldi

29-may 2025 10:21 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Abduqodir Husanov
Kеcha nikoh to‘yini o‘tkazgan Abduqodir Husanov BAAdagi yig‘inga yo‘l oldi / Foto: chempionat.asia

«Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov kecha, 28-may kuni uylandi.

Bugun erta tongda esa futbolchi O‘zbеkiston tеrma jamoasi bilan BAAdagi yig‘inga yo‘l oldi.

2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirib keldi.  5-iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda BAAga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu o‘yindagi durang ham O‘zbekistonni to‘g‘ridan to‘g‘ri JChga olib chiqadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BAA – O‘zbekiston o‘yini oldidan chipta mojarosi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek