L6ʼga talab ortyapti: har ikki daqiqada bitta avtomobil sotilmoqda

29-may 2025 10:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
L6
L6 sotuvlar soni bo‘yicha hayratlantirmoqda / Foto: Guangcaiauto

Li Auto kompaniyasi yaqinda taqdim etilgan Li L6 2025 modeli bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli natijalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, yetkazib berilgan avtomobillar soni 10 ming donadan oshdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Mahsulotlar liniyasi rahbari Li Sinyanning ma’lum qilishicha, har ikki daqiqada bitta avtomobil sotilmoqda.

L6 sotuvlar soni bo‘yicha hayratlantirmoqda / Foto: Guangcaiauto

8-may kuni rasman taqdim etilgan yangilangan L6 qisqa vaqt ichida bozorda katta talabga ega bo‘ldi. Yangi model o‘ziga xos lazurniy perlamutr rang va ikki rangli – qora va jigarrang salon dizayni bilan ajralib turadi.

Barcha komplektatsiyalar har qanday ob-havoda ishlay oladigan ATL lazerli radar, ilg‘or haydovchiga yordam tizimlari bilan jihozlangan:

  • AD Pro versiyasi Horizon Journey 6M chipi asosida ishlaydi;
  • AD Max esa kuchliroq Nvidia Thor-U chipiga ega.
L6 sotuvlar soni bo‘yicha hayratlantirmoqda / Foto: Guangcaiauto

Yangi Li L6 ikki turdagi jihozlashda taklif qilinmoqda:

L6 Pro – 249 800 yuan (taxminan $34 ming);

L6 Max – 279 800 yuan (taxminan $38,8 ming).

Texnik jihatdan L6 2025 — bu EREV (gibrid — elektr yurituvli, dvigatel yordamchi) texnologiyasiga asoslangan krossover. U 1,5 litrli benzinli dvigatel-generator, umumiy 408 ot kuchi quvvatga ega elektromotorlar bilan jihozlangan.

36,8 kVt·soat sig‘imli akkumulyator faqat elektrda 212 km (CLTC) masofani bosib o‘tishni ta’minlaydi. Umumiy yurish zaxirasi esa 1390 kmga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Lixiang kompaniyasi bosh direktori Li Syan nogiron aravachalariga qulay bo‘lishi uchun Li Auto L6 krossoveriga oson kirishni ta’minlovchi maxsus to‘plam ishlab chiqayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek