Toshkent va Navoiydagi oilaviy bog‘chalar 290 millionlik gazni o‘g‘irladi

eʼlon qilindi
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda
Foto: Prokuratura departamenti

Gaz o‘g‘irlash natijasida Maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan davlatga yetkazilgan zarar miqdori 290,4 mln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Tergovga qadar tekshiruvda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yashovchi fuqaro «Sarbozor» MFY hududida joylashgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulagan. Buning natijasida davlatga 183,1 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida «R.X.» nomli oilaviy nodavlat bog‘chani boshqarib kelgan fuqaro tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga ruxsatsiz ulangan. Bu holatda yetkazilgan zarar esa 107,3 mln so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda 3 mlrd so‘mdan ortiq gazni o‘g‘irlagan korxona aniqlangani haqida yozgandi.

Shuningdek