Nogironlik pensiyalari endi murojaatsiz tartibda tayinlanadi

Endilikda nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.
Shuningdek, 1-iyuldan boshlab I va II guruh nogironligi belgilangan fuqarolarga pensiyalar murojaatsiz, avtomatik tarzda tayinlanadi. Fuqaro xohlasa, bu pensiyani rad etish huquqiga ega.
Ko‘zi ojizlar (I guruh) va radiatsion obyektlarda xizmat qilganlar uchun kompensatsiyalar elektron ma’lumotlar asosida proaktiv tarzda tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi tayinlangach, kamida bir yil ish stajiga ega fuqarolarning pensiyasi har ikki yilda avtomatik qayta hisoblab chiqiladi.
Shu bilan birga, 2025-yil 1-oktabrdan pensiyalarni Xalq banki orqali naqd shaklda olishda Face-ID va elektron imzo orqali biometrik tasdiqlash tizimi joriy etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir nechta joyda ishlagan fuqarolarning pensiyasi qanday hisoblanishi haqida yozgandi.