O‘zbekiston va Italiya mehnat migratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi
Tushiya universiteti filiali ochillishi mumkin
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Melonining Samarqanddagi uchrashuvi chog‘ida O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida mehnat migratsiyasi to‘g‘risida bitim imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi uch baravarga oshgan. Qo‘shma korxonalar soni esa ikki baravarga ko‘paygan.

Italiya tomoni o‘zbek eksportyorlarini Yevropa bozorlariga chiqish bo‘yicha tayyorlashga tayyorligini bildirdi. Mirziyoyev esa Italiya kompaniyalari bilan texnologik sheriklik dasturini yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

Shu bilan birga, Toshkent yaqinidagi sanoat zonalarida elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, qo‘shma investitsiya fondi tuzish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda Tushiya universiteti filialini ochish va ikki diplomli dasturlarni yo‘lga qo‘yish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqanddagi ko‘chaga Rim nomi berilgani haqida yozgandi.

Shuningdek