Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingi e’lon qilindi

29-may 2025 14:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng ko‘p sotilgan smartfonlar / Foto: Redmi

Counterpoint tahlilchilari 2025-yilning birinchi choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda tahlilchilar saytida ma’lum qilindi.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini iPhone 16, undan keyingi o‘rinlarni esa iPhone 16 Pro Max va iPhone 16 Pro egalladi.

iPhone 16e hali umumiy top-10 ro‘yxatga kirmagan bo‘lsa-da, u mart oyida, ya’ni ilk to‘liq savdo oyida oltinchi o‘rinni egalladi. Counterpoint ma’lumotlariga ko‘ra, iPhone 16e narxi iPhone SE 2022 modelidan yuqori bo‘lishiga qaramay, yillik savdo hajmida undan oshib ketishi kutilmoqda.

2024 va 2025-yillarni solishtirganda, Galaxy S25 Ultra oldingi modelga nisbatan unchalik ommabop bo‘lmadi. U yettinchi o‘rinda, Galaxy S24 Ultra esa beshinchi o‘rinda bo‘lgan. Bunga sabab sifatida yangi modelning chorak davomida qisqaroq muddat sotuvda bo‘lganini ko‘rsatishmoqda.

Foto: Counterpoint

Samsung’ning eng ko‘p sotilgan smartfoni esa Galaxy A16 5G bo‘ldi. U Galaxy A15 5G modelidan ham ommalashdi – yillik o‘sish 17 foizni tashkil etdi. Bunday natijaga 2025-yil yanvar oyida Shimoliy Amerikada muvaffaqiyatli savdo boshlanishi sabab bo‘lgan.

Yana bir Samsung modeli — Galaxy A06 — oldingi versiyasiga nisbatan to‘rt pog‘ona yuqorilab, kuchli o‘nlikka kirdi.

Shuningdek, Redmi 14C 4G kuchli o‘nlikka kirgan Apple va Samsung’dan tashqari yagona model bo‘ldi. Uning savdosi Redmi 13C 4G bilan solishtirganda 43 foizga oshgan. Asosiy xaridorlar esa Yaqin Sharq, Afrika va Lotin Amerikasi kabi rivojlanayotgan mintaqalardan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri qaysi kompaniyaning smartfonlari eng ko‘p sotilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek