Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik Xab tashkil etadi

Qozog‘iston va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirlari bolalar onkologiyasi bo‘yicha xalqaro akademik Xabni UMC Yurak markazi negizida tashkil etishga kelishdi. Bu haqda «Kazpravda» xabar berdi.
Toshkentda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov uchrashuvi bo‘ldi. Uchrashuvda Qozog‘iston tomoni bolalar saratoni yo‘nalishida xalqaro akademik Xab tuzishni taklif qilib, bu tashabbusni ro‘yobga chiqarishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Alnazarova kattalar onkologiyasi va onkogematologiyasi bo‘yicha habni Milliy ilmiy onkologiya markazi, bolalar yurak jarrohligiga ixtisoslashtirilgan Xabni esa UMC Yurak markazi negizida tashkil etishni taklif qildi. Unga ko‘ra, bu markaz qoraqalpog‘istonlik bolalarga ham tibbiy xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2025-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti, 2026-yilda esa Qozog‘istonda O‘zbekiston tibbiyoti kunlarini o‘tkazishga kelishib oldi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining yangi modeli joriy etilishi haqida yozgandi.