
Realme kompaniyasi yangi Realme Buds Air 7 Pro TWS quloqchinlarini narxlari bilan birga e’lon qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.
Quloqchinning ushbu modeli 11 mm vufer va 6 mm tviterga ega bo‘lib, faol shovqinni 53 desibelgacha bostirish imkonini beradi.
To‘liq zaryadlangan holatda quloqchinlar zaryadlovchi qutisi bilan birgalikda 48 soatgacha ishlaydi. Qurilma IP55 darajasida chang va suvdan himoyalangan. Shuningdek, ushbu modelda sun’iy intellekt yordamida bir nechta funksiyalarni bajarish, jumladan, real vaqt rejimida 34 tilga tarjima qilish imkoniyati mavjud.
Quloqchin bir vaqtning o‘zida ikkita qurilmaga ulanadi. Model Fiery Red, Racing Green, Glory Beige va Metallic Gray kabi to‘rtta rangda taklif etiladi.
Realme Buds Air 7 Pro narxi taxminan $64 tashkil qiladi. Ovoz sifati va chuqur bassni ta’minlash uchun model ikki tomonlama DAC ovoz protsessoridan foydalanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Realme Neo7 Turbo rasman taqdim etilgani haqida yozgandi.