
Realme kompaniyasi yangi Neo7 Turbo smartfonini rasmiy ravishda taqdim etdi. Yangi model kuchli avtonom ishlash imkoniyati bilan ajralib turadi – u 7200 mA·soat sig‘imli titan batareyaga ega. Bu haqda Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Realme ma’lumotiga ko‘ra, kremniy ulushi 10% – bu sanoatdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri. Zaryadlash quvvati esa 100 Vt ga teng.
Smartfonda OLED BOE Q10 ekrani o‘rnatilgan, 1,5K aniqlik, 144 Gs yangilanish chastotasi, maksimal yorqinligi esa 6500 nit. Shuningdek, ekran 4608 Gs chastotali PWM yoritish nazoratiga ega.

Asosiy kamera 50 MP sensor bilan jihozlangan va optik stabilizatsiya tizimi (OIS) bilan to‘ldirilgan.
Realme Neo7 Turbo kuchli MediaTek Dimensity 9400e protsessori asosida ishlaydi. AnTuTu testida u 2,45 million ball to‘plagan. Qurilmaning sovitish tizimi 7700 mm² maydonga ega bug‘lantiruvchi kamera bilan ta’minlangan.

Smartfon shuningdek IP68/IP69 darajasidagi suv va changdan himoya, kuchli vibromotor, NFC, hamda IK-port kabi funksiyalarga ega.
Narxlar:
- 12/256 GB – $235
- 16/256 GB – $270
- 12/512 GB – $295
- 16/512 GB – $320
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Realme GT 7 smartfoni «Mobil qurilmada eng uzoq vaqt davomida film tomosha qilish» nominatsiyasida Ginnes rekordini o‘rnatgani haqida yozgan edi.