Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kirilgan 5,3 milliard so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi

eʼlon qilindi
214 turdagi umumiy 52 459 dona dori vositalari
Rossiya va Qozog‘istondan noqonuniy olib kirilgan 5,3 milliard so‘mlik dorilar to‘xtatib qolindi / Foto: Pexels.com

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida sifati kafolatlanmagan va noqonuniy olib kirilgan katta miqdordagi dori vositalari ushlab qolindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, Rossiya va Qozog‘istondan yuborilgan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar nomiga rasmiylashtirilgan yuklar ortilgan 2 ta «GAZ» rusumli yuk mashinasi «Yallama» chegara-bojxona postiga kirgan. Ular bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi kerak edi, ammo bojxona xodimi mashinalarni kuzatmay, erkin harakatlanishiga yo‘l qo‘ygan.

Natijada haydovchilar yo‘nalishni o‘zgartirib, Yuqori Chirchiq tumanidagi fuqarolardan birining uyiga borishgan. U yerda yuk mashinasidagi bojxona muhrini buzmagan holda, oraga kitob, kiyim-kechak va aksessuarlar orasiga yashirilgan 214 turdagi jami 52 459 dona dori vositalarini tushirishgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari ularni ayni shu paytda qo‘lga olishdi. Dori vositalarining umumiy qiymati 5,353 mlrd so‘mga teng.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Qozog‘iston fuqarosi ushbu dorilarni olib o‘tish evaziga haydovchilarga $2 ming va’da qilgan.

Hozirda haydovchilar va dorilarni tushirgan fuqaro ustidan JKning 182-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda. Shu bilan birga, o‘z vazifasini bajarmagan «Yallama» bojxona posti inspektorining harakatlariga ham huquqiy baho beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq DXX Pul evaziga ishga kiritmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga tushirgan edi.

Shuningdek