Samarqandda 3 mlrd so‘mdan ortiq gazni o‘g‘irlagan korxona aniqlandi

eʼlon qilindi
Gaz tarmog‘iga yashirin yo‘llar bilan ulangan
Foto: vision.si / depositphotos.com

Samarqand shahri «Farhod» qo‘rg‘onida joylashgan «G. F. E.» MChJga qarashli korxona 3 mlrd 84 mln so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgan. Bu haqda «Hududgazta’minot» AJ xabar berdi.

Mazkur korxona tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan chetlab o‘tib, yashirin yo‘llar bilan ulangan va «zangori yoqilg‘i»dan foydalangan.

Sarflangan gaz hajmlari hisob-kitobiga ko‘ra, davlatga yetkazilgan zarar miqdori 3 mlrd 84 mln so‘mni tashkil etdi.

Hozirda holat yuzasidan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘onadagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 586 mln so‘mlik gaz o‘g‘irlagani haqida yozgandi.

Shuningdek