Samarqanddagi ko‘chaga Rim nomi berildi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida

Samarqand shahridagi ko‘chalardan biriga Italiya poytaxti – Rim nomi berildi. Qaror O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralar yakunida e’lon qilindi.
Tantanali marosim Samarqanddagi xalqaro Kongress-markazida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qaror chuqur tarixiy va madaniy aloqalar, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarining ramzi sifatida qabul qilinganini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Italiya bosh vaziri tantanali kutib olingani haqida xabar bergan edi.