Sankt-Peterburgda migrantlarga kuryer va taksichi bo‘lib ishlash taqiqlandi

eʼlon qilindi
Bu cheklov O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun muhim salbiy ta’sir ko‘rsatadi
Foto: Gesrey / depositphotos

Sankt-Peterburg hokimiyati xorijlik migrantlarning patent asosida kuryerlik va taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishini taqiqlash bo‘yicha qaror loyihasini e’lon qildi. Hujjat shahar ma’muriyati rasmiy saytida joylashtirilgan.

Qaror qabul qilingach, kompaniyalarga migrantlarni yollashni to‘xtatish uchun uch oy vaqt beriladi. Taqiq shahar hududida ishlayotgan firmalar va servis agregatorlariga taalluqli bo‘ladi.

Ushbu cheklovlar 2025-yil oxirigacha amal qiladi, ammo kelgusida ularning muddati uzaytirilishi mumkin.

Taqiq Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) a’zolari – Armaniston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi. Biroq bu cheklov O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari uchun muhim salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shuningdek, shahar hokimiyati kompaniyalarga kuryerlar geolokatsiyasini nazorat qilishni topshirdi. Kuryerlarning kiyimi va transport vositalariga identifikatsion raqamlar yozilishi talab qilinadi. Kuryerlar va ularning transporti uchun tashqi ko‘rinish standartlari joriy etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Moskvadagi o‘zbekistonliklar endi geolokatsiya orqali kuzatuvda bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek