Yangiliklar

TATU talabalari «Huawei ICT Global» finalida 3-o‘rinni egalladi

«Sahiya» nomli sun’iy intellektli ilovasi orqali
Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Xitoyning Shenchjen shahrida o‘tkazilgan «Huawei ICT Competition» global tanlovi final bosqichida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Ular «Sahiya» nomli sun’iy intellekt asosida ishlovchi va eshitish qobiliyati past foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan innovatsion ilovani taqdim etib, tanlovning «Innovatsion trek» yo‘nalishida muvaffaqiyatga erishdi.

Tanlovda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Bahrayn, Qozog‘iston va Pokiston jamoalari ham faol ishtirok etib, turli yo‘nalishlarda g‘olib bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Intervision musiqa tanlovida ishtirok etishi haqida yozgan edik.