Tolibon stol futbolini taqiqlashga oid qaror qabul qildi

Tolibonning Doykundi viloyatidagi ma’muriyati stol futbolini taqiqlash to‘g‘risida qaror chiqardi. Afghanistan International va boshqa mahalliy OAVning xabar berishicha, bu topshiriq Ezgulikni targ‘ib qilish va axloqsizlikni oldini olish vazirligi vakillari tomonidan berilgan.
Rasmiylarning bayonotiga ko‘ra, taqiq sababi – o‘yinchi figuralarining butlarga o‘xshashligi bo‘lib, bu holat islomiy me’yorlarga zid deb baholangan.
Kelayotgan ma’lumotlarga binoan, do‘konlar va ko‘ngilochar markazlar xodimlariga barcha stol futboli qurilmalarini olib tashlash buyurilgan.
Shu bilan birga, ba’zi hollarda mulkdorlarga o‘yin qurilmalaridan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berilgan, biroq bir shart bilan – figuralarning bosh qismlari olib tashlanishi kerak. Shunday qilinsa, bu o‘yin shariat nuqtai nazaridan man etilmaydi, deb aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda «Afghan Film» kinostudiyasi faoliyatini to‘xtatilgan edi.