Transport vazirligi axborot tizimlarida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi
eʼlon qilindi
Tizimlar profilaktika ishlari yakunlangach yana ishga tushiriladi

Transport vazirligi 29-may ish kuni yakunidan boshlab tarmoq infratuzilmasini ko‘chirish va server yuklamalarini kamaytirishga qaratilgan profilaktika ishlarini boshlaydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu ishlar davomida transport sohasiga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan barcha axborot tizimlari vaqtincha ishlamaydi.
Xususan, «E-avto ruxsatnoma» AT, «E-permit» tizimi, elektron ruxsatnomalar almashuvi va ularning tekshiruvi hamda bojxona tekshiruvlari uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar vaqtincha mavjud bo‘lmaydi.
Tizimlar profilaktika ishlari yakunlangach yana ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq transportdan chiqindi tashlaganlik uchun jarimalar oshirilishi haqida yozgan edik.