Toshkentda 1977-yilda ishlab chiqarilgan BMW $1,5 mingga sotuvga qo‘yildi

30-may 2025 17:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
1977-yilda ishlab chiqarilgan noyob BMW $1,5 mingga sotuvga qo‘yildi / Foto: Avtoe’lon

Toshkent shahrida 1977-yilda ishlab chiqarilgan noyob BMW E23 avtomobili sotuvga qo‘yildi. Tasvirlarga qaraganda u eski va ancha paytdan buyon foydalanilmagan.

BMW E23 1977-yildan 1986-yilgacha ishlab chiqarilgan 7-seriyaning birinchi avlodidir. 735i modifikatsiyasi 3,5 litrli qatorli 6 silindrli dvigatel bilan jihozlangan va u qatordagi eng kuchli va nufuzlilaridan biri hisoblangan.

Foto: Avtoe’lon
Foto: Avtoe’lon

Bunday namunalar, ayniqsa, MDH mamlakatlarida tobora kamaymoqda. Ushbu avtomobilni qayta tiklash klassik kollektorlar uchun ham, BMW ishqibozlari uchun ham qiziqish uyg‘otishi mumkin. Egasi uni ta’mirga muhtoj va kichik sarmoya talab qiladi, deb baholagan.

BMW E23 / Foto: Avtoe’lon
BMW E23 / Foto: Avtoe’lon

Bunday model uchun ta’mirlash ishlari qimmatga tushishi mumkin. Chunki ehtiyot qismlar deyarli hech qayerda sotilmaydi va butlovchi qismlarga qo‘shni davlatlar yoki Yevropadan buyurtma berish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BMW’ning barcha modellari yangi dizaynga o‘tishi haqida yozgan edi.

Shuningdek