AK45: Husanov energetiklar brendiga nom berdi

eʼlon qilindi
Ichimlik AK45 deb nomlandi
Foto: Manchester Siti

O‘zbekistonda «Manchester Siti» va milliy terma jamoa himoyachisi Abduqodir Husanov sharafiga energetik ichimlik ishlab chiqariladi. Ichimlik AK45 deb nomlanadi.

AK – futbolchi Abduqodir Husanovning ismi va familiyasining qisqartmasi, 45 esa uning «Man Siti»dagi o‘yin raqami.

Bu haqda ak45sila Instagram sahifasi ma’lum qildi. Shundan so‘ng ushbu ma’lumot ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar kanallari va guruhlari orqali tez tarqaldi.

Futbolchining ushbu brend bilan bog‘liqlik darajasi hozircha noma’lum. Biroq Husanovning Instagramdagi rasmiy akkaunti ak45sila’ga obuna bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nikoh to‘yini o‘tkazgan Abduqodir Husanov terma jamoa bilan BAAga yo‘l olgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek