O‘zbekiston prezidenti Ostonaga bordi
eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Italiya» sammiti tadbirlarida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga yetib keldi.
Davlatimiz rahbarini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov hamda boshqa rasmiylar tantanali tarzda kutib oldi.
Tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev bugun bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Italiya» sammiti tadbirlarida ishtirok etadi. Sammitda mintaqaviy hamkorlik, investitsiyalar, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.