Dollar oshdi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra

O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 30-may kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 790,43 so‘mni tashkil qilib, oldingi kun bilan solishtirganda 22,17 so‘mga oshdi.
Dollarning bu haftadagi kursi quyidagicha: 29-may kuni 12 768,26 so‘mni, 28-may kuni 12 831,13 so‘mni, 27-may kuni 12 886,90 so‘mni, 26-may kuni 12 939,93 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakatdagi tijorat banklari 30-may kuni bir AQSh dollarini 12 705 – 12 760 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 790 – 12 850 soʻm oraligʻida sotmoqda.
Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.