Havoda ham, yerda ham harakatlana oladigan robot yaratildi – video

30-may 2025 09:06 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Havoda ham, yerda ham harakatlana oladigan robot yaratildi / Foto: Caltech

Kaliforniya texnologiya instituti olimlari ATMO nomli noyob robotni yaratdi. U dron va yer transporti funksiyalarini birlashtirib, murakkab yuzalarda ham to‘xtamasdan harakatlana oladi.

ATMO to‘rtta himoya qoplamali dvigatelga ega bo‘lib, ular parvoz vaqtida propeller, qo‘nishda esa g‘ildirak sifatida ishlaydi. Bu yechim robotga to‘siqlar oldida tiqilib qolmasdan harakatlanish imkonini beradi va u chekka hududlarda tadqiqotlar olib borish yoki yuk yetkazishda samaradorlikni oshiradi.

Yangi texnologiya gibrid robotlarning odatiy muammosi – rejim almashtirishdagi to‘xtash zaruratini bartaraf etadi. Bu esa ATMOni tijorat logistikasidan tortib kosmik missiyalargacha keng qo‘llash imkonini beradi.

Olimlar hozirda robotning energiya sarfini kamaytirish va uni ekstremal sharoitlarda sinovdan o‘tkazish ustida ish olib bormoqda. Kelajakda ATMO mustaqil kuryer tizimlari yoki Marsdagi ekspeditsiyalar uchun asosiy vositalardan biriga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Optimus robotining yangi videotasvirini taqdim etgan edi.

Shuningdek