
Honor 400 Pro modeli Xitoyda 7200 mA/soat bilan sotuvga chiqdi. Bu Yevropada sotilayotgan smartfonlarning batareyasidan 1900 mA/soat’ga ko‘p. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.
Yevropa uchun taqdim etilgan versiya 6,7 dyuymli displey bilan jihozlangan bo‘lsa, Xitoy versiyasi 6,55 dyuymli ekranga ega. Ekranlarning qolgan parametrlari amalda farqlanmaydi.

O‘lchamlarda farq bor. Smartfonning Yevropa versiyasining qalinligi va og‘irligi 8,1 mm va 205 grammni, Xitoycha versiyasi esa 7,8 mm va 196 grammni tashkil qiladi.

Kameralar nuqtai nazaridan farqlar yo‘q, lekin narx an’anaviy ravishda farq qiladi. Xitoyda Honor 400 Pro (12/256 GB) $480 ga teng, Yevropada esa smartfonning narxi 800 yevroni tashkil qiladi. To‘g‘ri, Yevropada modelning 12/512 GB versiyasi taklif etiladi, ammo Xitoyda smartfonning ushbu varianti uchun $510 qiymat belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Honor 400 Pro operatsion tizimi 2031-yilgacha yangilanish ta’minlanishi haqida yozgan edi.