Kanadada yirik yong‘inlar sababli 17 ming kishi evakuatsiya qilindi

eʼlon qilindi
Raqamlar o‘sishda davom etmoqda
Kanadada yirik yong‘inlar sababli 17 ming kishi evakuatsiya qilindi / Foto: Manitoba hukumati / Reuters

Kanadada 160 dan ortiq yong‘inlar nazoratdan chiqib, hududning katta qismi yonib ketmoqda. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Iqlim o‘zgarishi yong‘in xavfini oshirayotgan bo‘lsa, yong‘inlar ayniqsa, Saskatchevan va Manitobada keng tarqalgan. Manitoba va Saskatchewan provinsiyalarida favqulodda holat e’lon qilindi. Evakuatsiya qilinayotganlar soni 17 mingga yetmoqda, bu esa so‘nggi yillarda eng katta evakuatsiya hisoblanadi.

Foto: Manitoba hukumati / Reuters

Tutun AQShning bir qancha shaharlari va hududlariga kirib, havoning sifatini yomonlashtirishi mumkin. Mutaxassislar kelgusi oylar davomida yong‘inlar va tutun muammolari davom etishini taxmin qilmoqda. Hududdagi sharoitni yaxshilash uchun yomg‘ir zarur ekanligi ta’kidlanmoqda, ammo kuchli issiqlik va qurg‘oqchilik yog‘ingarchilik ehtimolini pasaytirib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan sanoat zonasida yong‘in sodir bo‘lgan edi.

Shuningdek