Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berildi

eʼlon qilindi
Vaziyat barqaror
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berildi / Foto: Ezumeimages/ Depositphotos

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (Sanepid) raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berdi.

Uning ta’kidlashicha, COVID-19’ning yangi to‘lqini butun dunyoni qamrab olayotgani haqidagi xabarlar asossiz. SARS-CoV-2 ning NB.1.81 shtammi keng ko‘lamda yoyilayotganiga doir ma’lumotlarni JSST rasman tasdiqlagan emas. Yer yuzida yangi to‘lqinning kuzatilish ehtimoli qariyb nolga teng.

Nurmat Atabekov epidemiologik vaziyat barqarorligi qayd etgan. Shuningdek, aholida koronavirus shtammiga nisbatan oddiy respirator kasalliklarga bo‘lgani singari munosabat allaqachon shakllangan.

Mutaxassis murojaat qilgan bemorlarning faqat ikkilamchi surunkali kasalligi bo‘lganlarigina shifoxonada davolanayotgani haqida yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Gonkong va Singapur rasmiylari Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida yana bir infeksiya to‘lqini boshlanganidan darak beruvchi COVID-19 holatlarining yangi ko‘payishi haqida xabar bergani to‘g‘risida yozgan edi.

Shuningdek