LEO Flight havoda harakatlanadigan shahar transportini narxlari bilan taqdim etdi

30-may 2025 12:52 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Havoda harakatlanadigan shahar transporti
Havoda harakatlanadigan shahar transporti / Foto: leoflight.com

LEO Flight kompaniyasi shahar uchun mo‘ljallangan ikki innovatsion elektr havo transport vositasi – LEO Coupe va LEO Soloni taqdim etib, transport sohasida inqilob qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Speedme xabar berdi

LEO Coupe – bu ikki o‘rindiqli uchuvchi avtomobil bo‘lib, vertikal tarzda ko‘tarilish va harakatlanish imkonini beruvchi 100 ta elektr dvigatel bilan jihozlangan. Ushbu apparat 320 km/soat tezlikka chiqa oladi va bir marta quvvat bilan 400 kilometrgacha masofani bosib o‘tadi. Uning xavfsizligi uchun havo yostiqchalari, parashyut va suzuvchanlik tizimlari mavjud.

LEO Solo esa ixcham, bir kishilik havo vositasi bo‘lib, qisqa masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan. Boshqaruvi oddiy bo‘lib, uni haydash uchun uchuvchi guvohnomasi talab etilmaydi. U 32 km maksimal masofa va 100 km/soat kruiz tezligiga ega bo‘lib, tirband shaharlarda harakatlanish uchun ideal tanlov hisoblanadi.

Kompaniya 2027-yildan boshlab ushbu qurilmalarni ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Narxlar esa quyidagicha bo‘ladi: LEO Solo uchun $99 999 va LEO Coupe uchun $459 900 AQSh dollari. Ushbu innovatsion transport vositalari shahar harakatlanish darajasini yangi bosqichga olib chiqadi. Modellar orasidagi tanlov esa har bir iste’molchiga 2025-yil uchun mos transportni topish imkonini beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD $87 minglik elektromobilini taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek