
Liga 1 da o‘ynash huquqi uchun o‘tish turnirining dramatik javob bahsida «Mets» safarda «Reyms» ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda 3:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda kuchlar teng keldi – 1:1.
«Reyms» – «Mets» o‘yinida kim gol urdi:
57′ – Anj Martial Tia («Reyms») – Itoning uzatmasidan keyin kombinatsiyani gol bilan yakunlab, hisobni ochdi (1:0);
78′ – Junior Yudol («Mes») – jarima maydoni yaqinida to‘pni olib qo‘yib, uzoqdagi «to‘qqizlik»ka kuchli zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi (1:1);
110′ – Alfa Ture («Mets») – Enning tovoni bilan uzatgan nafis pasidan so‘ng mehmonlarni oldinga olib chiqdi (1:2);
114′ – Junior En («Mets») – darvozabonning xatosidan so‘ng (1:3) bo‘sh qolgan darvozaga 40 metr masofadan ajoyib gol urdi.
Natija
«Reyms» o‘yinni ishonchli boshladi va hisobda oldinga chiqib oldi, biroq ustunlikni saqlab qola olmadi. «Mets» hisobni tenglashtirdi va qo‘shimcha bo‘limlarda raqib darvozasini ikki bor ishg‘ol qildi. Shu tariqa ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:1 va 3:1) «Mets» 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, Liga 1 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Chelsi» superkambek evaziga Konferensiyalar ligasi chempioniga aylangani haqida xabar bergan edi.