Migrantlar uchun patent olish tartibining bir qismi O‘zbekistonga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
Saida Mirziyoyeva va Mixail Mishustin uchrashdi

Migrantlar uchun patent olish tartibining bir qismi O‘zbekistonga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston va Rossiya mehnat migrantlari uchun patent olishning ayrim bosqichlarini O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Saida Mirziyoeva Telegram kanalida ma’lum qildi.

Migratsiya tartiblarini soddalashtirish Saida Mirziyoyeva va Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin o‘rtasidagi uchrashuv mavzularidan biri bo‘lgan. Tomonlar malakali kadrlar tayyorlash, sarmoyaviy va savdo hamkorligini ham muhokama qilgan.

Mirziyoyeva ta’lim sohasidagi hamkorlikdagi tashabbuslar muhimligini ta’kidladi. Jumladan, respublika hududida Rossiya universitetlarining filiallarini ochish hamda MISiS Fan va texnologiya universiteti muhandislik maktabini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbekistonlik «Vagner»dagi xizmati uchun besh yilga qamalgani haqida yozgan edi.

Shuningdek