O‘zbekiston JSTga a’zolik masalasida Buyuk Britaniya bilan muzokaralar yakunladi

eʼlon qilindi
Jenevada esa mamlakatlar o‘rtasida bayonnoma imzolanadi
O‘zbekiston JSTga a’zolik masalasida Buyuk Britaniya bilan muzokaralar yakunlandi / Foto: Azizbek Urunov LinkedIn sahifasidan

2025-yil 12-iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadigan Jahon savdo tashkiloti Ishchi guruhining 10-yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida bayonnoma imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda prezidentning JST boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, bu orqali Buyuk Britaniya O‘zbekiston bilan bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlagan 24-davlat bo‘ldi. Muzokaralar Londonda o‘tgan oy oxirida bo‘lib o‘tgan va hozirda ichki tartib-taomillar yakuniga yetkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Rossiya JSTga a’zo boʻlish masalasida muzokaralar oʻtkazgan edi.

Shuningdek