O‘zbekistonda qancha OTMlar faoliyat yuritmoqda

eʼlon qilindi
2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 153 taga ko‘paygan
O‘zbekistonda qancha OTMlar faoliyat yuritmoqda / Foto: Sun’iy intellekt yordamida yasaldi

O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yili boshiga kelib faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 222 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yiliga nisbatan 153 taga ko‘paygan bo‘lib, so‘nggi o‘n yilda oliy ta’lim muassasalari soni qariyb 3,2 barobarga oshgan.

2015-yilda 69 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda bu raqam izchil ortib bordi. Xususan, 2018-yilda ularning soni 98 taga, 2022-yilda esa 191 taga yetdi. 2024-yilda esa bu ko‘rsatkich 222 tani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Al-Xorazmiy nomidagi yangi universitet tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek