Pentagon xodimi maxfiy ma’lumotlarni chet elga uzatishga uringani uchun hibsga olindi

Pentagon razvedka boshqarmasining IT bo‘yicha mutaxassisi AQShda maxfiy ma’lumotlarni xorijiy hukumat amaldoriga berishga uringanlikda gumonlanib hibsga olingan. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar bermoqda.
28 yoshli Neytan Vilas Latch 2019-yildan beri Mudofaa vazirligida ishlagan va maxfiy hujjatlarga ega bo‘lgan. 2025 yil mart oyida FQB uning ma’lumotlarni «do‘st» mamlakatlardan biriga topshirish niyati borligini bilib oldi. Bo‘lim agenti o‘zini xorijlik vakil deb tanishtirib, u bilan yozishmalarni amalga oshirgan.
Bir maktubda Latch «ma’muriyatning qadriyatlariga rozi emasligini» va boshqa mamlakat fuqaroligi yoki tovon puli evaziga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishga tayyorligini aytgan.
Ushbu holat yuzasidan Amerikada tergov jarayonlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Trampning savdo urushi tufayli yetti million ish o‘rinlari xavf ostida qolayotgani haqida yozgan edi.