Prezident «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida ishbilarmonlar klubi tashkil etishni taklif qildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, Xivada kreativ iqtisodiyot bo‘yicha yoshlar forumi tashkil etilishini ham
Shavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida ishtirok etdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tgan «Markaziy Osiyo – Italiya» sammitida qatnashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev raisligidagi uchrashuvda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni hamda mintaqa davlatlari rahbarlari ishtirok etdilar. Unda ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, investitsiyalar, texnologiyalar, yashil iqtisodiyot, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezident o‘z nutqida Italiya bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Italiya o‘rtasidagi qadimiy tarixiy-madaniy aloqalarga urg‘u berib, bugungi murakkab siyosiy sharoitda muloqotni chuqurlashtirish muhimligini qayd etdi. U Italiya bosh vaziri Jorja Melonining tinchlik diplomatiyasiga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Prezident savdo, sanoat, innovatsiya, energetika va ta’lim kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirdi. U «Markaziy Osiyo – Italiya» ishbilarmonlar klubi va ilmiy-ta’lim konsorsiumini tuzish, shuningdek, Xivada kreativ iqtisodiyot bo‘yicha yoshlar forumini tashkil etishni taklif qildi.

Davlat rahbari O‘zbekiston mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, yangi loyihalarni ilgari surish va barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shishga tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Tadbir yakunida «Markaziy Osiyo – Italiya» formatidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev O‘zbekiston madaniyatni sun’iy intellekt yordamida rivojlantirilishiga oid farmonni imzolagan edi.

Shuningdek