Qurbon hayiti O‘zbekistonda 6-iyun kuni nishonlanadi
eʼlon qilindi
Juma kuni

Shavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan, xalqimizning qadimiy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un ravishda 2025-yil 6-iyun, juma kuni Qurbon hayiti bayramining birinchi kuni etib belgilandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bayramni munosib o‘tkazish maqsadida 7-iyun, shanba kuni ham olti kunlik ish haftasi tartibida ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilandi. Tegishli idora va tashkilotlarga Qurbon hayitini yuqori darajada tashkil etish, ziyorat va savobli ishlar uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti sanasi ma’lum qilingan edi.